Xose Pekerman: "Mundialda munosib ishtirok eta olishimizni isbotladik"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2014
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman Gretsiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– G'alabadan xursandmiz, sababi tarkibimizda JCHda ishtirok etmagan futbolchilar juda ko'p, – deydi Pekerman A Bola nashriga. – Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi, lekin yaxshi natijaga erishdik.

Kolumbiya terma jamoasi mundialda munosib ishtirok eta olishini isbotladik. Biroq hozircha hech nima yutganimiz yo'q, bu birinchi g'alaba xolos . G'alabadan xursandmiz, ertadan Kot-d'Ivuarga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru