Xvan Son Xon: "Mag'lubiyatni o'z zimmamga olaman"

Iskandarov Abdulaziz
12 iyun 2022
Janubiy Koreya U-23 bosh murabbiyi Xvan Son Xon Yaponiya U-23 bilan uchrashuvdan so'ng (0:3) matbuot anjumanida qatnashdi.

"Men tarkib tanlashda va taktikada xatoga yo'l qo'ydim. Mag'lubiyat uchun aybni o'z zimmamga olaman. Biz 3 ta to'p farqi bilan yutqazamiz deb o'ylamagandik, bunga loyiq emasdik. Bugun bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ulardan uzr so'rayman", - dedi koreyaliklar ustozi. 


- Jamoangiz ko'p vaziyatlar yaratdi, biroq gol urolmadi. Nima uchun bunday bo'ldi? 

- Bizga mahorat yetishmadi. O'yin sifati va imkoniyatlardan unumli foydalanish ustida ishlashimiz kerak. 

- Yaponiya haqida nima deya olasiz? 

- Yaponiya yaxshi o'ynadi. Futbolchilarining tezligi lol qoldirdi. 

Kuchli jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan ekan. 

- Hakamlarga nisbatan qandaydir etirozingiz bormi? 

- Hech qanday etiroz yo'q. Men hakamlar va ular chiqargan qarorni hurmat qilaman.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia