Xvicha Anrining antirekordini takrorladi! PSJ esa Monakoda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
18 fev 2026
YCHLning o'tish bosqichi doirasida kechgan Monako - PSJ (2:3) uchrashuvi parijliklarning g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa-da, jamoa yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya uchun omadsiz kechdi.

Nishonga tegmagan zarbalar:

Opta Sports xabariga ko'ra, gruziyalik vinger mazkur o'yinda raqib darvozasi tomon 8 bor zarba yo'lladi. Biroq ularning birortasi darvoza sohasiga aniq bormadi. Bu YCHL tarixidagi antirekordning takrorlanishidir. Bungacha afsonaviy Terri Anri ikki bor (2004 yil Chelsi va 2006 yil SSKAga qarshi) shunday ko'rsatkich qayd etgan edi.

O'yin tafsilotlari:

Duening dubli va Ashraf Xakimining goli parijliklarga safarda muhim g'alabani taqdim etdi.

Monakoliklar safida esa Aleksandr Golovin 48-daqiqada maydondan chetlatildi.

Keyingi bekat - Parij:

Endi jamoalar 25 fevral kuni Parijda javob o'yinini o'tkazishadi. Xvicha o'sha bahsda o'zining "ko'z tekkan" zarbalarini to'g'irlab olishiga muxlislar umid qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports