Xyoysen "Real" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher Ostonov
16 may 2025
Din Xyoysen "Real" bilan shartnoma shartlarini kelishib olishga yaqin turibdi.

Avvalroq, Madrid klubi "Bornmut" himoyachisini sotib olishi va 50 mln funtlik tovon puli bandini faollashtirishi ma'lum bo'lgandi.

Sky Sport jurnalisti Kave Solekolning xabar berishicha, futbolchining vakillari bugun kelishuv shartlarini kelishib olishlariga ishonishmoqda. Ispaniyalik futbolchi 5 yillik shartnoma imzolaydi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real" safiga borib qo'shiladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/SkyKaveh