Yago Falkening mashinasi o'qqa tutildi

Mirjalol Normatov
20 avg 2023
"Jenoa" va "Torino" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Yago Falke o'tgan yili o'z vataniga qaytgandi.

Biroq Kolumbiyada tunlar doimo tinch va osoyishta o'tmaydi. Masalan, o'tgan tunda futbolchining avtomobili shunchaki o'qqa tutildi. Bu mamlakatning eng notinch bo'lgan janubiy shahri Kalida sodir bo'lgan.

Aytilishicha, futbolchining mashinasi besabab o'qqa tutilgan. Biroq unga birorta o'q tegmagan. Ayni damda Kolumbiya policiyasi voqelikning sabablarini o'rganmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal