Yamal tarixga kirdi

Khoja
23 sen 2025
"Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal "Oltin to'p" uchun ovoz berishda kuchli uchlikka kirgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi, deya xabar beradi Stats Foot statistik portali.

Yamal ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi. Ovoz berish natijalari e'lon qilingan paytda ispaniyalik 18 yoshu 71 kunlik edi.

Yamal, shuningdek, 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan "Raymond Kopa" sovrinini ham qo'lga kiritdi. U ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi.


KhojaMuallif
Manba: Stats Foot