Yangi mavsumda har qanday klub o'z muxlislari ko'z o'ngidagi uy uchrashuvida asosiy libosda maydonga tushishi talab etiladi - O'zPFL

Sherzod Nurmatov
13 jan 2025
"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 17-bobida shu haqda so'z boradi.

Liga klublarga qulaylik yaratish maqsadida reglamentning tegishli bobini tushunarli ko'rinishga keltirdi. Klub libos dizaynini ishlab chiqayotganda mazkur talablarga etibor qaratishi lozim. Fayl Liga saytining hujjatlar bo'limiga ham yuklangan.  

2025 yildan boshlab har qanday klub o'z muxlislari ko'z o'ngidagi uy uchrashuvida asosiy libosda maydonga tushishi talab etiladi. O'tgan mavsumlar davomida bu jihat murabbiylar kayfiyati yoki ularning ayrimlari amal qiladigan irimlardan kelib chiqishi oqibatida uchrashuv komissarlari qator qiyinchiliklarga duch keldi. Shundan kelib chiqib, har bir klub o'z maydonida qanday libosda harakat qilishi masalasini mavsum avvalida hal qilib olishi va uni mavsum so'ngiga qadar o'zgartirmasligi talabi reglamentdan joy oldi. Bu o'z navbatida sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o'yiniga tashrif buyurayotgan ishqibozlar uchun ham qulaylikka olib keladi. 

Shuningdek, futbolchi o'z licenziyasida ko'rsatilgan raqamli futbolkada o'yinga qo'yiladi. Har qanday klub mazkur masalaga professional nuqtai nazardan yondashishi, o'zining U-21 va U-19 jamoalari uchun ham asosiy tarkibniki kabi liboslar taqdim etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda keyinchalik asosiy tarkibga jalb etiladigan futbolchida o'z libosi hamda raqami bilan Superliga yoki Pro liga bellashuvida maydonga tushish uchun imkoniyat bo'ladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

Nod34 34
13 jan
Пфл хам кучайиб кетяпти, 1 йилда шунча узгариш
PFCNasaf (O‘zbekiston)
13 jan
Футболчини фамилиясига қаттиқ эътибор қаратиш керак, Ceran эмас Cheran деб ёздириш кераккерак ва шунга ўхшаш харфларни тўғрилаш керак. Масалан Бабаев эмас Бобоев, менежери ёки мураббийи русий забон бўлсаям фамилияни хам ўзгартириб ёзишга йўл қўймаслик керак. Мен шу ёзувлар деб инстаграмда Диёр Имомхўжаев билан кўп тортишдим керак бўлса бир маротаба жанжаллашиб хам қолдим.
Ilhomjon Tursunov
13 jan
O‘zi murabbiy larnj ham to‘g‘rilash kere Bakaev-Baqoyev
Samarqand. Mtj
13 jan
Терма жамоадан хам шуни талаб килиш керак.
Samarqand. Mtj
13 jan
Терма жамоадан хам шуни талаб килиш керак. Бир карасанг ок, бурилар, бир карасанг кук бурилар