Yaponiya Mo'g'ulistonni 14:0 hisobida mag'lub etdi, O'zbekiston o'z vaqtida bu jamoaga 15ta gol urgandi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2021
JCH-2022 saralashi doirasidagi Mo'g'uliston - Yaponiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"F" guruhi doirasidagi mazkur bahsda mehmonlar 14:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Yaponiya 5ta o'yinning barchasida g'alabaga erishdi va 15 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.

Malumot uchun, 1998 yilgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistonni 15:0 hisobida taslim qilgandi. Aynan shu mag'lubiyat Mo'g'uliston uchun o'z tarixidagi eng yirigi bo'lib turibdi.


JCH-2022 saralashi

Mo'g'uliston - Yaponiya 0:14
Gollar:
Takumi Minamino - 13', Yuya Osako - 23', Daiti Kamada - 27', Xidemasa Morita - 33', Tuya avtogol - 39', Yuya Osako - 55', Sho Inagaki - 68', Junya Ito - 73', Kyogo Furuxashi - 78', Junya Ito - 79', Kyogo Furuxashi - 86', Takuma Asano - 90', Yuya Osako - 90', Sho Inagaki - 90'





Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Ko'k bo'rilar
30 mar 2021
Хозир уйнаса 1:0 ёки 2:1 булса керак, гап кистиришни каранг. 15:0 миш, у голларни урган футболчилар ватанпарвар эди, хозиргилари пулга уч, ори йук уйинчилар, кеча юткизиб куйиб бемалол кулиб кетябди уятсизлар, хайф.
Ko'k bo'rilar
30 mar 2021
Бу кетишда Хиндистон билан Монголия хам ютадиган булади, Фаластинга юкиздигу шармандалар.
Turg'unbek_571
30 mar 2021
Hammaga bir savol: "Siz O'zbekistonlikmisiz??? Unda nimaga hadeb futbolimizni yomonlayverasiz? Yoqmasa muxlislik qilmang! VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR!"
Laziz Shavkatov
31 mar 2021
Энасини хаккиям колмабдику
David Terezege
30 mar 2021
Демак Японияни 1-0га ютамиз экан дисизда