Yaponiya uzoq vaqtdan beri o'z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga sayohat qilmaslikni maslahat berib kelgan, biroq ularga buni taqiqlagani yo'q. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.
Qancha tomoshabin sayohatga chiqishga harakat qilishi aniq emas. Buning uchun ularga Shimoliy Koreya vizasi kerak bo'ladi. Yaponiyaning NHK telekanali malum qilishicha, o'n to'rtta hukumat vakili, shuningdek, oz sonli OAV xodimi "moviy samuraylar"ga hamrohlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, bugun Yaponiyada o'tgan 3-tur uchrashuvida mezbonlar Shimoliy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Pxenyandagi 4-tur bellashuvi 26 mart kuni o'tkaziladi.
Izohlar