Yaponiyalik futbolchi "Arsenal"ni "Partizan"ga almashtirdi

Mirjalol Normatov
2 aug 2019
So'nggi 3 yilni u Germaniya jamoalarida ijarada o'tkazgandi.

Yaponiyalik forvard Takuma Asano "Partizan"ga borib qo'shildi. Serbiya jamoasi ushbu transfer uchun London klubiga 1 million evro o'tkazib berdi. Asanoning o'zi yangi jamoasi bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

24 yoshli yaponiyalik 2016 yilda 4 million evro evaziga "Sanfrechche Xirosima"dan transfer qilingandi. O'shanda oradan bir oy o'tib, u "Shtutgart"ga ijaraga berildi. Shundan keyin u "Gannover"da ham shu tariqa mavsumni o'tkazdi. O'tgan mavsumda u Bundesliganing 13 bahsida maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar