Yaya Ture Messining jahon chempionatida nechta gol urishini aytdi

Оқил Абдубарноев
16 noya 2022
"Barselona" va "Manchester Siti" klublarining sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture argentinalik hujumchi Lionel Messi bo'lajak jahon chempionatida nechta gol urishi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Menimcha, Messi maksimal oltita gol ura oladi, - dedi Ture.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi hozirgacha jahon chempioni bo'lmagan. To'rt yil avval Rossiyadagi mundialda Messi to'rt uchrashuvda atigi bitta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadi. Turnirning guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Meksika, Saudiya Arabistoni va Polsha terma jamoalari bilan to'qnash keladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Все на Матч!