Yaya Ture: “U “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishiga ishonaman”

Eldor Akmurzayev
3 iyul 2022
Sobiq futbolchi Yaya Ture “Bavariya”ga ko'chib o'tgan Sadio Manening “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish imkoniyati haqida gapirdi.

“Mane endigina bir top-klubdan boshqasiga o'tdi, oldinda esa mundial kutmoqda. Sadio uni terma jamoada sabrsizlik bilan kutishayotganidan xabardor. Mane juda kam o'yinlarni o'tkazib yuboradi, kamdan-kam hollarda jarohatlanadi, jismonan juda ham kuchli. U ajoyib yigit, uni shaxsan taniyman.

Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va bo'lajak jahon chempionati uning uchun yaxshi o'tishiga umid qilaman. U “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishiga ishonaman”, deydi Ture.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RFI