"Yil javohiri" nominanti Turkiyada operaciya qilinadi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025
"Dinamo" safida bu yilgi o'yinlari orqali Superliga kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek O'rmonjonov mavsum yakunida jarohat olgandi.

19 yoshli yarim himoyachi "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotda jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchining chap tizza oldingi xochsimon boylamining yirtilishi aniqlangan. 

Klub shifokorlar bo'limining ma'lum qilishicha, Oybek O'rmonjonov tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Operaciya yaqin kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladi. Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi.

Ma'lumot o'rnida, O'rmonjonov "Yil javohiri" nominantiga aylangan, ammo bu mukofot uning jamoadoshi Firdavs Abdurahmonovga nasib etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати