Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga davogarlar malum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
7 aug 2025
2025 yilda eng yaxshi darvozabonga topshiriladigan Lev Yashin nomidagi sovrin uchun nomzodlar elon qilindi.

Ushbu sovrin 2019 yildan beri topshirilib kelinmoqda. U UEFA, "France Football" va L'Equipe" jurnallari talqinida yilning eng yaxshi darvozaboniga taqdim etiladi.

Bu yil avogarlar qatorida quyidagi futbolchilar bor: 

Alisson ("Liverpul"), Yassin Bunu ("Al Hilol"), Lyuka Shevale ("Lill"), Tibo Kurtua ("Real", Janluiji Donnarumma (PSJ), Emiliano Martines ("Aston Villa"), Yan Oblak ("Atletiko"), David Rayya ("Arsenal"), Mats Sels ("Nottingem Forest"), Yan Zommer ("Inter").

O'tgan yili bu yutuqni argentinalik Emiliano Martines qo'lga kiritgandi. Taqdirlash marosimi 22 sentyabr kuni Parijdagi Shatle teatrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: France Football

Izohlar

Javlon Samarqand
7 aug
Donnoruma 100% haqli
{ CHELSEA }
7 aug
Donarummada imkoniyat koʻproq...
Xojakbar Xaitov
7 aug
Энг яхшиси Токатаойов Андижон дарвозабони