YouTube yulduzi faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018
"Milan" sobiq hujumchisi, mashg'ulotlardagi fintlari uni YouTube yulduziga aylantirgan Xakim Mastur faoliyatini Gretsiyaning "Lamiya" klubida davom ettiradi.

20 yoshli marokashlik Gretsiya klubiga erkin agent sifatida o'tdi, chunki u Italiya klubini shartnoma muddati yakunlanganidan so'ng tark etgan edi.

Masturni jahon futbolining kelajagi porloq futbolchilaridan biri sifatida hisoblashgan edi. U "Milan"ning asosiy jamoasida birorta o'yin o'tkazmadi, Masturning "Malaga" va "Zvolle"dagi ijaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com