Yovich "Barselona"ga o'tmoqchi, "Bavariya" esa uni xarid qilishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019
"Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi yaqin soatlar ichida 21 yoshli serb borasida taklif yuboradi. Yovichning o'zi "Barselona"ga o'tishni istayapti.

Kataloniya klubi sport direktori Erik Abidal futbolchining Portugaliya - Serbiya Evro-2020 saralash uchrashuvidagi o'yinini kuzatmoqchi. Yovich payshanba kuni Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan bahsda (1:1) Manuel Noyer darvozasini ishg'ol qilgan edi.

"Ayntraxt" futbolchining narxini e'lon qildi - 60 mln. evro. Narx 70 mln. evrogacha yetishi mumkin.

Nemislar Yovichni 6 mln. evro evaziga "Benfika"dan sotib olishadi. Portugaliya klubi navbatdagi transfer mablag'ining 20%ga ega bo'ladi.

Yovich joriy mavsum Bundesliga o'yinlarida 15ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo