

Manba ma'lumotlariga ko'ra, madrid klubiga hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hamda hujumchilar Viktor Munos va Endrik qaytadi. Ushbu futbolchilar "qaymoqrang"larning mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etadi.
19 yoshli Endrik qishda "Lion"ga ijaraga ketgan edi. 21 yoshli Pas va 22 yoshli Munos hozirda "Komo" va "Osasuna" klublarida o'ynamoqda, lekin "Real"da ushbu o'yinchilarni qaytarib olish imkoniyati bor.



