“Yozyovon-Lochinlari” – “Andijon” uchrashuvi Farg'onada bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
10 may 2017
Ertaga 11 may, payshanba kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liganing 9-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Vitaliy Legay boshqaruvidagi “Andijon” safarda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Yozyovon tumanidagi stadionda emas balki Farg'ona shahridagi “Neftchi SK” (Kirguli mavzesidagi) stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti soat 16:00ga belgilangan. 

Ertaga bo'lib o'tadigan 9-tur uchrashuvlari bilan tanishing.

"Nurafshon" – "NBU-Osiyo"

 "Mashal-2" – "Yangier"

 "Cementchi" – "Zomin"

 "UzDongJu" - "G'allaorol"

 "Norin" – "Istiqlol"

 "Yozyovon"-"Lochinlari" – "Andijon"

 "Orol" – "Nasaf-2"

 "Xorazm" – "Surxon"


Muxlislarni qiziqarli kechishi kutilayotgan ushbu bahslarga taklif etib qolamiz. 


“Andijon” matbuot xizmati.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia