"Yozyovon-Lochinlari" klubi mavsumoldi taqdimot marosimi o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
4 jun 2021
Bugun Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda yoshlarni sportga keng ko'lamda jalb etish, xususan futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Yana bir necha kunlardan so'ng Farg'onada futbol bo'yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga bahslariga start beriladi. Shu munosabat bilan bugun mazkur chempionat ishtirokchisi - Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" futbol klubi mavsumoldi rasmiy taqdimot marosimini o'tkazdi.

Taqdimot marosimida Yozyovon tumani hokimi D. Djalilov, tuman prokurori I.Xodjaev, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi texnik direktori Ravshan Mirzakarimov hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Joriy mavsumda o'z oldiga Ikkinchi liga g'olibligini maqsad qilib qo'ygan universitet jamoaning mavsumoldi taqdimot marosimi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Marosim davomida so'zga chiqqan mutassaddilar "Yozyovon-Lochinlari" futbol klubiga mavsum davomida omad va g'alabali onlar yor bo'lishini, yakunda jamoaning viloyat birinchiligida g'olib bo'lgan xolda Birinchi liga musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritishlariga tilak bildirdilar.


Jamoa tarkibi:

Darvozabonlar: 1. Jasurbek Abdullaev, 12. Jaloliddin Olimov, 13. Hojiakbarmirzo Abdunabiev.

Himoyachilar: 5. Jasurbek Otaxonov, 4. Azizbek Muxtorov, 19. Karimberdi Mamadaliev, 3. Muhammadsoli Sobirov, 18. Nuriddinbek Asqarov, 2. Muhammadsobir Sobirov, 17. Xusanboy Umirzaqov, 24. Sanjar Tursunov.

Yarim himoyachilar: 22. Maqsadbek Ibragimov, 21. Abdumutal Abdurahmonov, 11. Xusniddin Sharobiddinzoda, 6. Muhammadiyor Murotaliev, 29. Ibrohimjon Rasulov, 8. Izzatilloxon Murodov, 9. Abdulvohid Soliev, 30. Avazbek Nizomov, 20. Umidjon Qodirov, 16. Ahrorbek Mirzaev, 15. Hasanboy Umirzaqov, 14. Jo'rabek Jo'raboev.

Hujumchilar: 25. Salohiddin Abdubannopov, 7. Abdumalik Ismoilov, 27. Amirbek Dilmurodov, 23. Muslimbek Turdaliev, 10. Dilbek Bozorov, 77. Asilbek Alijonov, 6. Shohislombek Haybatullaev.

Bosh murabbiy: Shaxbozbek Abdurahmonov.



Bekzod Tolibov tayyorladi



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

rostgoy
4 jun 2021
Кимлар бор шунданам езинг
Носирбек
5 jun 2021
Абдумалик Исмоилов Абдужамол Исмоиловни укасимасми?Ёмонам ухшар экан.
Olimjon Kasimov
4 jun 2021
Jamoaga omad yor bulsin! Husniddin Sharobiddinzodaga ham omad