"Yunayted" yanvarda uch hujumchi bilan muzokaralar olib boradi

Mirjalol Normatov
2 okt 2019
"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasi vaqtida hujumchi xarid qilmoqchi.

"Daily Star" xabariga ko'ra, "qizil iblislar"ning short-listida uch hujumchi bor - Usmon Dembele ("Barselona"), Mussa Dembele ("Lion") va Timo Verner ("RB Leyptsig").

Ushbu uch futbolchining birini MYU qishdayoq transfer qilmoqchi. Dembelening transfer narxi 100 million evro, Mussa Dembeleniki 30 million evroga teng bo'lsa, Timo Verner 65 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star