Yunus Musa "Arsenal"ga qaytishga qarshi emas

Alisher
6 noya 2022
"Valensiya" yarim himoyachisi Yunus Musa sobiq klubi bo'lmish "Arsenal"ga qaytishga qarshi emas.

19 yoshli futbolchi London klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilning yozida "Arsenal" bilan shartnoma imzolashni rad etdi va ispan klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Kelajakda nima bo'lishini bilmaysan. "Arsenal"da o'cgan holda u yerda ajoyib paytlarni o'tkazdim, hali ham u yerda do'stlarim bor, murabbiylar ham zo'r, umuman "Arsenal" o'yinchisi bo'lish ajoyib. Menga "Arsenal"da o'ynash yoqqandi. Klubga qarshi hech qanday salbiy fikrim yo'q, agar bir kun kelib qaytishga to'g'ri kelsa, men buni qilaman. Hozir esa "Valensiya"da juda ham baxtliman", - deydi Musa.

Yarim himoyachi joriy mavsum "Valensiya" tarkibida La Liga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Goal