“Yuventus” 2 futbolchisi koronavirusdan tuzaldi, Dibala esa ...

Eldor Akmurzayev
15 apr 2020
Turinliklar matbuot xizmati xabariga ko'ra, himoyachi Daniele Rugani va xavbek Blez Matuidi COVID-19 infekciyasini engib o'tishdi.

12 mart kuni Ruganining kasallangani ma'lum bo'lgandi, besh kun o'tib esa Matuidi ham koronavirusni yuqtirib oldi.

Xabarda keltirilishicha, futbolchilar ikki bor testdan o'tishgan va ularda virus alomatlari chiqmagan.

Biroq, “Yuve” vingeri Paulo Dibala hali hamon tuzalganicha yo'q. Avvaliga, ilk test natijasi uning sog'lomligini ko'rsatgan edi, ammo ikkinchi tahlilda Dibala hali bu xastalikdan forig' bo'lmagani aniqlandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com