"Yuventus" futbolchisiga "Barselona" davogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
18 avg 2019
"Football Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" himoyachisi Daniele Ruganining oldida faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant paydo bo'ldi.

Italiyalikning xizmatlariga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Qayd etilishicha, Rugani uchun kataloniyaliklar 30 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, Danielega hozirda "Roma" va "Monako" kabi jamoalardan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

Ruganining o'ziga ham "Barselona" varianti maqul kelmoqda. Hozirda klubdagi markaziy himoyachilarda raqobat kam bo'lgani uchun u "Barselona"da asosiy tarkibda o'ynashiga ishonmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia