"Yuventus" Paulo Dibala bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
18 yanv 2020
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala turinliklar bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

Bu haqda taniqli jurnalist Nikola Shira o'zining "Twitter" sahifasida xabar berdi.

Xabarga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi klub bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

"Yuventus" rahbariyati hali Dibala bilan kelishuvga erishmadi. Ammo, Turin klubi uni jamoada qoldirish uchun qo'lidan kelgan barchasini qilishga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira