"Yuventus" Spallettining kelajagi bo'yicha bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
10 apr 2026
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti klubdagi ishini davom ettiradi.

Turin klubi o'zining rasmiy veb-saytida murabbiy bilan 2028 yil o'rtalariga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, murabbiy 2025 yilning kuzida jamoani qabul qilib olgan va mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandi.

"Keksa sinora A Seriya joriy mavsumida 31 ta o'yindan 16 tasida g'alaba qozondi, 6 ta bahsda mag'lub bo'ldi va 9 tasida durang o'ynadi. Klub hozirda 57 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Ligada "Inter" 72 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com