"Yuventus"ning uchinchi libosini ko'rdingizmi?

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022
U pushti va ko'k rangda bo'lib, kaleydoskop effektli naqsh bilan bezatilgan.

"Yuventus" 2022/23 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi.

Turinliklar saytida takidlanganidek, klubning tarixiy qismi bo'lgan libos pushti va ko'k ranglarda tayyorlangan.

Futbolkada kaleydoskop effektini hosil qiluvchi naqsh ham mavjud.

"Yuve" yangi libosdagi ilk uchrashuvini 11 sentyabr kuni A Seriyaning 6-turi doirasida o'z maydonida "Salernitana"ga qarshi o'tkazadi.

"Yuventus"ning texnik homiysi Adidas hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com