Zafar Safaev: "Metallurg" bilan xayrlashdim"

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020
O'tgan mavsumni Bekobodning "Metallurg" jamoasida o'tkazgan darvozabon Zafar Safaev jamoani tark etganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Saytimiz muxbiri posbon bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Salom Zafar! Yangi yillar bilan! Eshitishimizga qaraganda "Metallurg"ni tark etibsiz, shu rostmi?
- Salom, bayramlar muborak bo'lsin. Ha bu to'g'ri, "Metallurg" bilan shartnomam yakuniga etdi va jamoa bilan xayrlashishga qaror qildim.

- Oldinda rejalar qanday? Takliflarni ko'rib chiqayapsizmi?
- Takliflar yo'q emas, ayrim Superliga jamoalari meni o'z saflariga qo'shib olishmoqchi ekanliklarini murabbiylarim aytishmoqda. Lekin hozircha shaxsan o'zimga xech kim chiqqani yo'q.

- Xorij klublaridan ham takliflar bormi?
- Xorij klublaridan taklif olganim yo'q. Balki o'zimning agentim bo'lmaganligi tufayli xorij jamoalaridan taklif olmayotgandirman.

- Sizningcha "Metallurg" jamoasi yangi mavsumda Superligada qanday o'rinni qo'lga kiritishi mumkin? Masalan sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladimi?
- Albatta! "Metallurg" yangi mavsumda kuchli uchlikka kira oladi. Jamoa yaxshi shakllangan va tobora o'z uslubiga ega bo'lib bormoqda. O'ylaymanki "Metallurg" navbatdagi mavsumda OCHL yo'llanmasi uchun kurashadi.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia