Zafar Xolmurodov va Murodjon Ismoilov boshchiligidagi jamoalar 1-o'rinni egallashdi

Narzulla Saydullayev
2 nov 2024
30 oktyabr kuni Birinchi ligada mintaqaviy bosqichi yakuniga etdi.

G'arb mintaqasida "Nasaf-Farm" klubi barchadan ko'proq ochko to'plab, 1-o'rinni egalladi. Ushbu jamoani ayni paytda Qashqadaryo futboli afsonalaridan biri Zafar Xolmurodov boshqarib bormoqda.  

Sharq mintaqasida esa "Cementchi" klubi birinchi bo'ldi. Bu jamoada tajribali Murodjon Ismoilov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

FarDU klubi hujumchisi Rizo Ayvazov 22 ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi. "Qiziriq" vakili Dilshod Xushbakov hisobida 20 ta gol bor. "Nasaf-Farm"dan bir yo'la ikki futbolchida (Sherali Rasulov va Sardorbek Saidov) 16 tadan gol bor. Sobiq to'purar Zafar Xolmurodov o'z shogirdlariga qanday ko'p gol urishni o'rgatayotganiga shubha yo'q.

Endi Birinchi ligada har bir mintaqada dastlabki 4 o'rinni band etgan klublar pley-off bosqichida ishtirok etishadi.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

BOBIRBEK_URINOV
2 nov 2024
1-уринни олганлар тугридан тугри чикаолмаса нима кераги бои бу турнирни. Шунча мехнат киларканда яна плейоффда уйнаркан. 1та 2талик уйинларда айрим клублар зур уйнашади, бутун мавсум давомида эмас. 1-уринни олганлар ютказиб куйиши хам мумкинку...