Ze Luishning xet-triki “Portu”ga yirik g'alabani keltirdi

Portugaliya chempionatining 4-turida “Portu” o'z uyida “Vitoriya Situbal”ni qabul qildi.

“Dragau” stadionida kechgan bahsda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Ze Luish hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o'tgach, u ikkinchi golini kiritdi. 63-daqiqada Kabo Verdelik hujumchi uchinchi golini urib, xet-trik qayd etdi. To'rtinchi gol “Portu” himoyachisi Luis Dias hisobiga yozildi.

 



Manba: championat.com