"Zenit" Braziliya termasi hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 yanv 2025
"Zenit" "Botafogo" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Luis Enrike bilan "4+1" sxemasida shartnoma imzolaydi.

19 yanvar kuni futbolchi Doxa shahriga yetib kelgan, rossiyaliklar aynan shu yerda mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Transfer summasi 30 million evro + 2 million evro bonusni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Enrike "Botafogo"ga "Betis"dan 2024 yilning fevral oyida 16 million evroga ko'chib o'tgandi. Rio-de-Janeyro shahri jamoasi tarkibida 24 yoshli futbolchi 55 ta o'yinda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatma etkazib bergan. "Transfermarkt" portali barziliyalikni 22 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru