Jerard , Rodjers va Suares o'rtasidagi mojaroni hal qildi

“Liverpul” klubi sardori Stiven Jerrard, klub bosh murabbiyi Brendan Rodjers va hujumchi Luis Suares o'rtasidagi mojaroni bartaraf etdi.

Shuni eslatib o'tish kerakki, Suares, uni londonning “Arsenal” klubiga sotishlarini so'ragani sababli, Rodjers hujumchini jamoa o'rinbosarlari safiga qo'shib qo'ygan edi va hozirgacha hujumchi yolg'iz mashg'ulot olib borayotgan edi.

Kecha jamoa sardori Stiven Jerrard Suares bilan ko'rishgan va hech kim uni atayin klubda olib qolmaganini tushintirgan va shuning uchun urugvaylik futbolchi o'z faoliyatiga putur etkazmasligi maqsadida, klub bosh murabbiyidan uzr so'rashi kerakligini aytib o'tgan.

Suares Rodjersdan kelib kechirim so'ragan. Bosh murabbiy esa uni kechirib, umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytargan.


Manba: football.kulichki.net