Zidan "The Best" marosimida Mbappega "Real"ga o'tishni maslahat berdi

Tolibjon Qosimov
25 sen 2018
"Real" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ forvardi Kilian Mbappe faoliyatini Madridda davom ettirishi kerak deb hisoblaydi.

Francuz mutaxassisi bu fikrini futbolchiga Londonda bo'lib o'tgan "The Best FIFA Football Awards 2018" marosimi paytida aytgan. Bu haqda ispaniyalik mashxur jurnalist Eduardo Inda ma'lum qilgan.

"Londonda FIFA taqdirlash marosimi oldidan Zidan Mbappe bilan uchrashdi. Francuz futbolchiga quyidagi gaplarni aytdi: "Kilian, sen "Real" uchun o'ynashing kerak". Bu suhbatni ko'rgan guvohlar ham bor", - dedi Inda "El Chiringuito" efirida.


Mbappe FIFA talqiniga ko'ra yil ramziy terma jamoasidan o'rin oldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Chiringuito