Zidanning goli Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gol deb topildi

Alisher
4 may 2020
France Football nashri Chempionlar Ligasida 1992 yildan 2020 yilga qadar bo'lgan eng chiroyli 50ta golni aniqladi.

"Real" sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidanning 2002 yili final doirasida "Bayer" (2:1)ga urgan goli eng chiroylisi deb topildi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi. Roberto Karlos tomonidan oshirilgan noodatiy pas yuqorilab jarima maydonchasi ichiga yo'l oladi va Zidan to'pni to'xtatmasdan Xans-Yorg Butt qo'riqlayotgan darvozaga yo'llaydi. Bu gol madridliklarga sovrin olib keladi.

Ikkinchi o'ringa "Fiorentina" sobiq yarim himoyachisi Mauro Bressananing 1999 yili "Barselona"ga urgan goli, uchinchi o'ringa esa "Real" sobiq o'yinchisi Krishtianu Ronalduning "Yuve"ga urgan goli qo'yilgan.




Manba: metaratings.ru


AlisherMuallif
Manba:

O'xshash yangiliklar