

Makelele avvalroq Londonning "Chelsi" klubida skaut sifatida ishlagan. PSJda fransiyalik sobiq futbolchi "Real" va Fransiya terma jamoasi safida birga to'p tepgan Zinedin Zidan bilan yana birga ishlashi lozim.
Eslatib o'tamiz, Makelele PSJ tarkibida futbolchi sifatida ham to'p tepgan. Boz ustiga, Klod Fransiya terma jamoasiga Loran Blan bosh murabbiy bo'lganida, uning yordamchisi bo'lib ishlagan.



