Zlatan Ibragimovich "Milan"ga o'tadi?

Alisher
4 noya 2019
"Los Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga o'tishi mumkin.

Futbolchi oldin ham ikki mavsum davomida "rossonerilar" sharafini himoya qilgan.

Xabarlarga qaraganda, Zlatan Ibragimovich hamkorlikni davom ettirishga qarshi emas.

Shvetsiyalik futbolchi 2020 yil 1 yanvardan erkin agentga aylanadi va o'zi xohlagan klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 8ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca