104 muxlis, 16 gol - turning qiziq raqamlari bilan tanishing

O'zbekiston chempionatining 21-turi yakunlandi.

"Qo'qon-1912" 4:2 "Paxtakor", 6917 muxlis

"Metallurg" 1:2 "Lokomotiv", 104 muxlis

"Mashal" 0:1 "Nasaf", 2312 muxlis

"Andijon" 0:0 "So'g'diyona", 5312 muxlis

"Bunyodkor" 1:1 AGMK, 312 muxlis

"Surxon" 1:0 "Navbahor", 1278 muxlis

"Qizilqum" 2:1 "Turon", 1666 muxlis

Mazkur turni 17 901 ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 3 500 kishiga ko'proq). Bu  har o'yinda o'rtacha 2 557 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p muxlis Qo'qondagi o'yinda ishtirok etdi (deyarli 7 ming). Eng yomon natija esa "Metallurg" - "Lokomotiv" o'yinida qayd etildi (104).

7 o'yinda jami 16 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 1 taga kam). Bu har o'yinda o'rtacha 2,3 tadan gol degani. To'plarning 9 tasi mezbon, 7 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinda urildi (6). Faqat 1 bahsda darvozalarga to'p kiritilmadi ("Andijon" - "So'g'diyona"). 

Faqat 1 futbolchi dublga erishdi. "Qizilqum" forvardi Elguja Grigalashvili "Turon" darvozasini 2 bor ishg'ol qildi.

21-turda referilar 26 marta (o'tgan turga nisbatan 8ta kam) cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 3,7 tadan).

Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi - Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv").

Faqat 3 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

Ma'lumot uchun, ushbu turdan keyin FIFA kunlari boshlandi. Endi O'zbekiston Superligasining navbatdagi tur bahslari 15 oktyabrdan e'tiboran davom ettiriladi.

22-tur

15.10.2021. AGMK - "Mashal"

15.10.2021. "Nasaf" - "Metallurg"

16.10.2021. "Turon" - "Surxon"

16.10.2021. "Paxtakor" - "Qizilqum"

16.10.2021. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"

17.10.2021 - 16:00. "Navbahor" - "Bunyodkor"

17.10.2021 - 18:15. "Lokomotiv" - "Andijon"

Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka...


Manba: championat.asia