105 o'yin, 6 gol. Chili "gladiator"laridan biri termadagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019
Chili termasi qanot yarim himoyachisi Jan Bosejur xalqaro faoliyatini yakunladi.

35 yoshli futbolchi endi bor e'tiborini o'z jamoasi "Universidad de Chili" klubiga qaratishini aytib o'tdi.

Bosejur 2004-2019 yillar davomida Chili termasi tarkibida 105 o'yinda qatnashib, 6 gol kiritdi.

Yevropada u "Servett", "Gent", "Birmingem" va "Uigan" kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS