38 yoshli Kvalyarella "Sampdoriya" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2021
Hujumchi Fabio Kvalyarella yangi mavsumda ham "Sampdoriya"da o'ynashda davom etadi.

Italiya klubi 38 yoshli futbolchi bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Afsona", – deb yozildi ushbu voqeaga bag'ishlangan e'londa.

Kvalyarella "Sampdoriya"ga 2016 yilda kelgan. U o'tgan mavsumda 33 o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sampdoria.it