"7339 kundan so'ng". Buffon "Parma" safida o'ynadi va gol o'tkazmadi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2021
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon "Boxum"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

U 2001 yildan buyon ilk marotaba "Parma" safida maydonga tushdi. U shu yozda "Yuventus"dan ko'chib o'tgandi 

Buffon birinchi bo'limda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va tanaffusda almashtirildi. 

"7339 kundan so'ng", - deb izoh qoldirdi Buffon o'z tvitterida. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/gianluigibuffon