"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal sobiq futbolchi,  O'zbekiston futbolchilar uyushmasi raxbari Kamoliddin Murzoev bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.


- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Yaqinda PSJning o'yinini kuzatdim. Rosti, Verratti umuman boshqa dunyo. Messi, Mbappelar juda kuchli futbolchi ekanligi barchaga ma'lum. Ammo Marko Verrattining maydonda bajaradigan vazifasi undan kam emas.

- Siz birga o'ynagan  futbolchilar orasidachi?

- Rivaldo. 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Roberto Karlosning Fransiyaga urgan golini eng chiroyli deb aytsak bo'ladi.


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Zidan. U o'zini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ko'rsata oldi. 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Ubirajara Veyga da Silva

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Bugungi kunda o'zbek futbolidagi hakamlarni omadsiz deyish mumkin. Chunki, ularga qarshi negativ fikrlar ko'paydi. 

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- PSJ (3:1) "Nant. 

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Ko'p yillardan beri "Real Madrid"ning muxlisiman. 

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Otam - hayotdagi yagona kumirim.

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Erinchoqligim va o'ylamasdan haqiqatni yuziga aytib yuborishim.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?  

- 2006 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida zaxiradan maydonga tushganman. Shu voqeani hayotimning burilish sifatida eslayman. 

"8+3". Katanets - xato tanlov (18-son)


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar