Abbosbek Fayzullaev: "Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2025
JCH-2026 saralashida BAAga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev fikrlarini bildirdi.

- Hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman. Yoshligimizdan jahon chempionatiga chiqishni orzu qilardik. Televizor orqali ko'rib, doimo duo qilardik. Shu maqsadda katta bo'lgandik va bunga erishganimizdan xursandmiz.

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qo'ng'iroq qilibdilar, sir bo'lmasa nima dedilar?

- Muhtaram Prezidentimiz qo'ng'iroq qilib, tabrikladilar. Ularga katta rahmat aytaman, bizga juda katta e'tibor bermoqdalar. Bu o'z samarasini berdi. O'zbekiston xalqini tabriklayman. Halqimiz jahon chempionatiga loyiq edi, ular ancha kutishdi. Bu ishni tez amalga oshirganimizdan xursandmiz, - dedi futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia