

Kecha o'zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev Istanbulga yetib borgani, biroq aeroportdagi muammolar sababli tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani haqida ma'lumotlar tarqagandi.
"Championat.asia" sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev telegram kanalida bergan ma'lumotida hamyurtimiz yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tganini ma'lum qildi.
Ertaga futbolchining transferi e'lon qilinadi. SSKA ushbu transfyerdan 7,5 million evro ishlab oladi va ulushning 10 foizini "Paxtakor"ga o'tkazib beradi.
Ma'lumot uchun, ushbu klubda Eldor Shomurodov ham o'ynamoqda.



