Abduqodir Husanov: "Pep Gvardioladan juda minnatdorman"

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026
"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanov Xosep Gvardiola va klub haqida gapirdi.

"Men Pep Gvardioladan juda minnatdorman. U menga ko'p bor shaxsan vaqt ajratadi, o'yinning har bir tafsilotini tushuntirib beradi. Biz bosqichma-bosqich yuqoriga intilyapmiz - u meni shoshiltirmaydi va menga vaqt kerakligini tushunadi...

Bu klubda o'ynayotganimdan faxrlanaman. Bizda jamoani uyda ham, safarda ham qo'llab-quvvatlaydigan juda ko'plab muxlislar bor. Bu libosni kiyish - juda katta mas'uliyat.

Ularning qo'llovi juda katta ahamiyatga ega va men ularga shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman - hatto qiyin paytlarda ham ular biz bilan birga. Biz buni juda qadrlaymiz. Ular uchun yanada ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Va, albatta, mening orzum - YCHLda g'alaba qozonish...", – dedi O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi.

Husanov 2025 yilning yanvaridan beri "Manchester Siti"da. O'shandan beri 22 yoshli markaziy himoyachi "shaharliklar" safida 40 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Xtra