Agent: “Arsenal” Torreyraning boshqa klubga o'tishini taqiqlab qo'ygan

Lukas Torreyraning agenti mijozining yozgi transferlar vaqtida “Milan”ga o'ta olmagani haqida gapirdi.

“Lukas jamoani tark etishi mumkin edi. “Milan” taklif bilan chiqdi. Marko Jampaolo Torreyrani “San-Siro”ga chorladi. Ammo “Arsenal” ushbu transferni taqiqlab qo'ydi. “Arsenal” Lukasdan mamnun va uni qadrlaydi. U “qizil-oqlar” safida kurashishda davom etadi. U bundan munosabatdan xursand”,-deydi Torreyraning agenti.


Manba: Tuttmercatoweb