Agenti Salohning qanchaga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024
"Liverpul" va Misr termasi hujumchisi Muhammad Salohning agenti Rami Abass futbolchining jarohati haqida gapirdi.

Avvalroq, Mersisayd klubi futbolchi Afrika Millatlar Kubogi 2-tur doirasida Ganaga qarshi o'yinda mushaklaridan olgan jarohati sabab, terma jamoa lagerini tark etib, Angliyaga qaytishini ma'lum qilgandi. 

"Muhammadning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi va u 2 ta o'yinni emas, 21 kundan 28 kungacha o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Uning Afrika Millatlar Kubogida yana maydonga tushishi uchun eng yaxshi variant - Buyuk Britaniyada intensiv reabilitaciyani o'tkazib, to'liq tayyor bo'lgach, jamoaga qaytishdir", - dedi agent.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Рами Абасс Твиттери