Akademiyalar o'rtasidagi turnir sovrindorlari taqdirlandi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2019
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Kecha, 13 noyabr kuni ushbu musobaqada faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari taqdirlanishdi. 3-umumtalim maktabida o'tkazilgan taqdirlash marosimida Navoiy viloyati xokimi o'rinbosari F.Soliev, Navoiy viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Narzieva, Navoiy futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti R.Boltaev, Navoiy shahar 3-umumiy o'rta talim maktabi direktori F.Fayzieva hamda Futbol akademiyasi direktori A.Kenjaev ishtirok etishdi. 


Tadbirda 3-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy futbol akademiyasi futbolchilari, murabbiylar va akademiya rahbari A. Kenjaevlarga maxsus sovg'alar topshirildi. Shu bilan birga viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligi SH. Narziev, 3-umumiy o'rta talim maktabi direktori F.Fayzieva, sovrindor jamoa sinf rahbari O. Qodirova ham taqdirlanishdi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/NavoiyFA