"Al Hilol" rasmiylari Namanganda bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2023
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) "D" guruhining 5-tur o'yini doirasida "Navbahor" 28 noyabr kuni o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" (Ar-Riyod) jamoasini qabul qiladi.

Shu munosabat bilan "Al Hilol" vakillari Namangandagi sharoitlar bilan tanishish hamda jamoa delegaciyasi istiqomat qilishi uchun mehmonxona band etish va zaruriy sharoitlarni hozirlash maqsadida Namanganga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni "Navbahor" klubi vice-prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi "Navbahor" rasmiylari kutib olishdi hamda imkoniyat va sharoitlar bilan tanishtirishdi. Mehmon jamoa vakillari 26 noyabr oqshomida yurtimizga yetib kelishni rejalashtirayotganliklarini ma'lum qilishdi.

Klub vice-prezidenti Otabek Samatov "Al-Hilol" koordinatori Fahad Al Madidga jamoa futbolkasini sovg'a qildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати