

Ovoz berish natijalariga ko'ra, 30 yoshli himoyachi ikkinchi o'rinni egallagan Marko Arnautovichni ishonchli tarzda ortda qoldirdi.
Alaba to'qqizinchi marta mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2020 va 2021 yillarda ham ushbu mukofotni qo'lga kiritgan.
Avstriyalik himoyachi 2021 yilning yozidan buyon "Real"da to'p tepadi. U joriy mavsum 21 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Milliy terma jamoa safida futbolchi Millatlar ligasida 4 ta uchrashuv o'tkazdi.



