Aleksis Sanches sobiq klubiga qaytishi mumkin

Alisher
23 iyun 2024
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Aleksis Sanches Italiyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin.

35 yoshli o'yinchi "neradzurri" safini erkin agent maqomida tark etadi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, chililik "Udineze"ga qaytishi mumkin. Tomonlar o'rtasida muzokaralar boshlangan: "qora-oqlar" forvardga 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif etishdi, shuningdek bitimda kelishuvni bir yilga uzaytirish bo'yicha band bo'lishi mumkin.

Aleksis Sanches 2006 yildan 2011 yilgacha "Udineze"da o'ynagan.

Sanches o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira