Amirbek Lutfullaev: “Yangier”ga qarshi o'yinlar oson kechmagan”

Narzulla Saydullayev
28 okt 2021
Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan “Sho'rtan” – “Yangier” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Amirbek Lutfullaev fikrlariga quloq tutdik.

“Yangier”ga qarshi o'yinlar oson kechmagan. Bu mavsumda ularga qarshi bahslarimiz murosasiz ruhda kechdi. Bu safargi o'yinimiz ham juda yaxshi o'tdi. Ikkala jamoa ham xatolarga yo'l qo'ydi. “Sho'rtan” ruhiy tomondan va ahillik bilan to'p tepganimiz hisobiga raqibning ustidan g'alaba qozonishga erishdik. Bizni g'alabadan boshqa hisob qoniqtirmasdi va buni maydonda isbotlay oldik.
“Sho'rtan” bilan shartnomam muddati mavsum yakuniga qadar mo'jallangan. Kelgusida qaysi jamoada to'p tepishimni esa vaqt ko'rsatadi. Hozirdan biror nima deya olmayman”, - deya  fikrlarini yakunladi Lutfullaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia